Illustration Imzolash

1-QADAM: Hokimlar Kelishuvini imzolash

Kuchli siyosiy tashabbusda ishtirok eting

O’z imzoingiz bilan Siz ommaviy bayonotdan ko’ra ko’proq narsalarni qilishingiz mumkin: Sizning mahalliy jamoangiz Kelishuvning quvvatlar va iqlim bo’yicha dadil maqsadlariga erishish uchun o’z hissasini qo’sha boshlaydi. Hokimlar Kelishuvi orqali Siz bitta majburiyat bilan mahalliy hokimiyat organlarini birlashtiruvchi harakatda ishtirok etasiz. Siz o’z hududingizdagi tajribalarni baham ko’rishingiz va boshqa mahalliy va mintaqaviy tajribalardan o’rganishingiz mumkin. Bu sahifa Sizni bizning umumiy maqsadimiz: 2020 yilga kelib CO2 chiqishini...kamida 20% ga kamaytirish yo’lidagi ma’lumotlar, g’oyalar va aniq qadamlar bilan qo’llab-quvvatlaydi!

Savollar bormi?

  1. Kimlar qo’shilishlari mumkin?
  2. Nima uchun qo’shilish kerak?
  3. Qanday qo’shilish mumkin?
  4. Qachon qo’shilish mumkin?

Ulkan majburiyat

Barcha Hokimlar Kelishuvini imzolovchilar CO2 chiqishini kamaytirish bo’yicha umumiy Kelishuv maqsadlari doirasidan chiqish to’g’risidagi ixtiyoriy va bir tomonlama majburiyatni o’z zimmalariga oladilar.

Kelishuvni imzolovchilar 2020 yilga kelib o’zlarining CO2 chiqishlarini 20% dan ko’proq miqdorga kamaytirishni maqsad qiladilar. Ular buni quvvatlar samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi quvvatlar harakatlarini amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan mos ma’muriy qobiliyatlarni talab qiluvchi mahalliy barqaror quvvatlar siyosatini ishlab chiqish orqali amalga oshiradilar. Ushbu maqsadga erishish uchun mahalliy ma’muriyatlar quyidagi majburiyatlarga egadirlar:

  • Kelishuvga qo’shilgandan keyingi bir yil ichida Boshlang’ich chiqindilarni inventarlashga (BCI) tayyorgarlik ko’rish;
  • Kelishuvga qo’shilgandan keyingi bir yil ichida munitsipial kengash tomonidan tasdiqlangan Quvvatlar Harakatlari Rejasini (BQHR) taqdim etish;
  • O’zlarining BQHR taqdim etganlaridan keyin muntazam ravishda – har 2 yilda harakat rejalarining amalga oshirilishining borishi va ichki natijalarni keltirgan holda Amalga oshirish Hisobotlarini chop qilib borish;
  • O’zlarining BQHR faoliyatlarini ilgari surish va o’z fuqarolari/aktsiyadorlarni jalb qilish, jumladan Mahalliy Quvvatlar Kunlarini tashkillashtirish;
  • Ayniqsa boshqa mahalliy hokimiyat organlarini qo’shilishga rag’batlantirish va muhim tadbirlar va mavzuli seminarlarga o’z hissalarini qo’shish orqali Hokimlar Kelishuvi xabarini tarqatish.

Imzolovchilarning rasmiy siyosiy majburiyatlari aniq tadbirlar va loyihalarga aylantirlishi kerak. Imzolovchi sifatida Sizning mahalliy ma’muriyatingiz o’zining BQHR ini amalga oshirilishining borishi to’g’risida hisobot berish va uning monitoring ostida bo’lishiga rozi bo’ladi. U yana Kelishuv shartlariga amal qilinmagan hollarda Sizning mahalliy ma’muriyatingizning Kelishuvdan chiqarilishiga ham o’z roziligini bildiradi.

Barcha Kelishuvni imzolovchilar o’zlarining BQHRini takomillashtirishda yodda tutishlari kerak bo’lgan asosiy tamoyillar va qadamlarni ko’rib chiqing. Ushbu tamoyillar Kelishuvni imzolash bilan o’z zimmalariga olgan majburiyatlarga bo’gliqdir va ular muvaffaqiyat qozonish uchun muhim asosni tashkil qiladilar.

Batafsil ma’lumotlar olish uchun qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Savollar bormi?

  1. Kelishuvni imzolovchilar qanday majburiyatlarni bajarishlari kerak?
  2. Kelishuvni imzolovchilar buning evaziga nima oladilar?
Twitter
Uyali aloka
orqali boglanmoq
Facebook
Rasmiy Sahifalardan
doimiy ravishda foydalanmoq
Habarnoma
Haroylik habarnomaga
obuna bolmoq
RSS-tasma
Habarlarni oz
vaqtida olmoq
Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO  ning siyosiy ko’magi bilan Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO ning siyosiy ko’magi bilan. Veb-sahifa Hokimlar Kelishuvining ofislari tomonidan boshqariladi..
Yangiliklar | Kun tartibidagi masalalar | Sayt xaritasi | RSS yordami | Kreditlar | Huquqiy