Illustration Glossariy

Hokimlar Kelishuvi keng doiradagi manfaatdor tomonlar, ko’p sondagi qadamlar va jarayonlardan tashkil topuvchi ko’p qirrali tashabbusdir. Mazkur glossariy yordamida Kelishuvga yangi qo’shilganlar Kelishuv to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarni olgan holda o’z yo’llarini topa oladigan darajaga kelishlari kerak!

Boshlang’ich Chiqindilarni Inventarlash


Boshlang’ich Chiqindilarni Inventarlash boshlang’ich yil davomida Kelishuv imzolovchisining hududi doirasidagi quvvatlar iste’moli tufayli chiqadigan CO2 miqdorini ifodalaydi. U CO2 chiqishlarining asosiy manbalarini va ulardagi CO2 chiqishini kamaytirish mumkin bo’lgan usullarni aniqlashga imkon beradi.

Mukammallik mezonlari


Mukammallik mezonlari Kelishuvni imzolovchilar, Koordinatorlar va Qo’llab-quvvatlovchilar ayniqsa g’ururlanadigan va bosha mahalliy hokimiyat organlari, tumanlar, viloyatlar yoki tarmoqlar taqlid qilishlari uchun foydali bo’lgan harakatlar sifatida ma’qullaydigan tashabbuslarning tegishli misollaridir.

Kelishuv Koordinatorlari


Yevropa Komissiyasi ”Kelishuv Koordinatorlari” Hokimlar Kelishuviga qo’shilgan, biroq uning talablarini bajarish uchun kerakli malakalar va/yoki resurslarga ega bo’lmagan munitsipalitetlarga moliyaviy va texnik yordam ko’rsatuvchi davlat boshqaruv organlari sifatida tariflaydi. Komissiya Koordinatorlarni, jumladan, mintaqalar, viloyatlar ma’muriyatlari yoki mahalliy ma’muriyatlarning guruhlari kabi markazlashmagan ma’muriyatlar bo’lgan Hududiy Koordinatorlar va jumladan Milliy Quvvat Agentliklari va/yoki Vazirliklari kabi milliy hukumat organlari kabilar bo’lgan Milliy Koordinatorlar turlariga ajratadi.

Hokimlar Kelishuvining Sharqiy Ofisi


DG DEVCO Yevropa Komissiyasi tomonidan tashkil qilingan va moliyalashtiriladigan Hokimlar Kelishuvining Sharqiy Ofisi (HoKO Sharq) Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo hududlarida tashabbusni muvofiqlashtirish va boshqarish uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. U imzolovchilarga ma’muriy ko’mak va texnik jihatdan yo’l-yo’riq ko’rsatadi, Kelishuv qatnashchilari o’rtasidagi aloqalarni osonlashtiradi va ularning faoliyatlarini ilgari surilishini kafolatlaydi. Bryusseldagi HoKO dan tashqari HoKO Sharqiy Ofisi Lvov (Ukraina) va Tbilisi (Gruziya) shaharlarida joylashgan va Armeniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O’zbekistondagi Kelishuvni imzolovchilarga yordam ko’rsatadi. U Quvvatlar Shaharlari tomonidan yetakchilik qilinadigan va Iqlim Ittifoqi, Ukrainaning Samarali Quvvat Shaharlari, NL Agentligi va CAREC, Markaziy Osiyo Mintaqaviy Atrof-muhit Markazlaridan tashkil topgan konsortsium tomonidan boshqariladi.

Kelishuvni qo’llab-quvvatlovchilar


Yevropa Komissiyasi ”Kelishuvni qo’llab-quvvatlovchilar” ni Hokimlar Kelishuvi tashabbusini ilgari surish va uni imzolovchilarning majburiyatlarini bajarish uchun ko’maklashishda o’zlarining moliyaviy, aloqa va tarmoq faoliyatlaridan foydalanuvchi Yevropa, milliy va mintaqaviy tarmoqlar va mahalliy hokimiyatlarining uyushmalari sifatida tariflaydi.

Quvvatlar Agentliklari


Mahalliy va mintaqaviy quvvatlar agentliklari yaxshi quvvatlarni boshqarish amaliyotlaridan foydalanishni qo’llab-quvvatlaydilar, barqarorlik tushunchasini himoya qiladilar, ma’lumotlar va ko’rsatmalar beradilar hamda quvvatlarga bo’lgan mahalliy maxsus ehtiyojlar asosida bir qator boshqa mahalliy xizmatlarni ko’rsatadilar. Quvvatlar agentliklari davlat hokimiyati organlari tomonidan moliyalashtiriladi.

Qo’llab-quvvatlash xizmati


Qo’llab-quvvatlash xizmati mahalliy hokimiyat organlari va Hokimlar kelishuvi Ofisi o’rtasidagi asosiy vositachi hisoblanadi. U Kelishuvni imzolovchilarga umumiy va to’liq texnik yordam ko’rsatadi, uslubiy ishlar uchun kirish va natijalarni monitoring qilish bilan ta’nimlaydi.
Amalga oshirishning borishi to’g’risidagi hisobot
Amalga oshirishning borishi to’g’risidagi hisobot Kelishuvni imzolovchilar Barqaror Quvvatlar Harakat Rejasini (BQHR) taqdim etganlaridan keyin har ikki yilda taqdim etishlari kerak bo’lgan va uni amalga oshirishning ichki natijalarini qisqacha bayon qilib beruvchi hujjatdir. Ushbu hisobotning maqsadi oraliq natijalarning qo’yilgan maqsadlarga muvofiqligini baholashdan iborat.

Qo’shma Tadqiqotlar Markazi


Qo’shma Tadqiqotlar Markazi (QTM) Yevropa Komissiyasining ilmiy va texnik “qo’llari” hisoblanadi. U ushbu tashabbusga texnik va ilmiy jihatdan ko’maklashish uchun masuldir. U o’zlarining Hokimlar Kelishuvi bo’yicha majburiyatlarini ado qilishlarida yordam berish hamda amalga oshirish va natijalarni monitoring qilish uchun imzolovchilarni aniq texnik yo’riqnomalar va shablonlar bilan ta’minlashda HoKO bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. QTM veb-sayti: http://ec.europa.eu/dgs/jrc/

Mahalliy Quvvatlar Kuni


Mahalliy Quvvatlar Kunlari Kelishuvni imzolaganlar tomonidan quvvatlardan yanada oqilona foydalanish tufayli olinadigan imkoniyatlar to’g’risida ommaning xabardorligini oshirish maqsadida o’zlarining rasmiy majburiyatlarining bir qismi sifatida tashkillashtiriladi. U mahalliy hokimiyat organlarini manfaatdor tomonlar va fuqarolarni Barqaror Quvvatlar Harakat Rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga bo’gliq bo’lgan umumiy muloqotga jalb qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Odatda maxsus davrlarda tashkillashtirilgan holda tadbirlarning turlari har xil bo’lishi mumkin, biroq odatda ular seminarlar, ko’rgazmalar, yo’riqnomali tashriflar va ochiq eshiklar kunlari kabilarni o’z ichiga oladilar.

Barqaror Quvvatlar Harakat Rejasi


Barqaror Quvvatlar Harakat Rejasi (BQHR) Kelishuvni imzolovchi o’zining qanday qilib 2020 yilga borib CO2 ni kamaytirish bo’yicha qo’ygan maqsadiga erishishni ko’zlayotganligini bayon qiluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. U vaqt doiralari va taqsimlangan mas’uliyatlar bilan birgalikda maqsadlarga erishish uchun o’rnatilgan faoliyatlar va tadbirlarni belgilab beradi. Kelishuvni imzolovchilar o’zlarining BQHR formatini erkin ravishda tanlay oladilar, biroq u Kelishuvning BQHR yo’riqnomasida o’rnatilgan tamoyillarga muvofiq bo’lishi kerak.

BQHR shabloni


BQHR shabloni o’zlarining Barqaror Quvvatlar Harakat Rejalarini o’z (milliy) tillarida taqdim etish bilan bir vatqda Kelishuvni imzolovchilardan onlayn rejimda ingliz yoki rus tilida to’ldirish talab qilinadigan elektron hujjatdir. U imzolovchilarga o’zlarining harakatlari va tadbirlarini tuzishda yordam berish va monitoring qilish va kuzatib borishni yengillashtirish uchun ishlab chiqilgan.

Vebinar


Vebinar Kelishuv qatnashchilari, jumladan, imzolovchilar, Kelishuvni qo’llab-quvvatlovchilar va Koordinatorlarga HoKO a’zolari yoki boshqa ekspertlar tomonidan Kelishuvga bog’liq bo’lgan maxsus mavzularda beriladigan ma’ruzalarda qatnashish imkoniyatini beradigan vebdagi jonli, o’zaro faol taqdimotdir.

Twitter
Uyali aloka
orqali boglanmoq
Facebook
Rasmiy Sahifalardan
doimiy ravishda foydalanmoq
Habarnoma
Haroylik habarnomaga
obuna bolmoq
RSS-tasma
Habarlarni oz
vaqtida olmoq
Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO  ning siyosiy ko’magi bilan Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO ning siyosiy ko’magi bilan. Veb-sahifa Hokimlar Kelishuvining ofislari tomonidan boshqariladi..
Yangiliklar | Kun tartibidagi masalalar | Sayt xaritasi | RSS yordami | Kreditlar | Huquqiy