Illustration Hokimlar Kelishuv

Hokimlar Kelishuvi Yevropa Ittifoqi tomonidan ilgari surilgan asosiy tashabbus bo’lib, unda mahalliy va mintaqaviy hokimiyat organlarining ishtirok etishi ko’zda tutiladi, ular o’z ixtiyorlari bilan o’z hududlarida quvvatlardan foydalanishning samaradorligini va qayta tiklanuvchi quvvat manbalaridan foydalanishni oshirish majburiyatini oladilar. O’z intilishlari bilan Kelishuvni imzolovchilar 2020 yilga kelib CO2 chiqindilari miqdorini kamida 20% ga kamaytirishga erishishni, shu yo’l bilan yashil iqtisodiy rivojlanish va yaxshilangan yashash darajasiga o’z hissalarini qo’shishni maqsad qiladilar.

Kelishuv to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar

2008 yilda Yevropa Ittifoqining Iqlim va Quvvatlar to’g’risidagi hujjatlar majmuasi qabul qilingandan keyin Yevropa Komissiyasi mahalliy hokimiyat organlarining barqaror quvvatlarni rivojlantirish va qo’llash siyosatini amalga oshirish yo’lidagi harakatlarini ma’qullash va qo’llab-quvvatlash uchun Hokimlar Kelishuvi tashabbusini ishga tushirdi. Haqiqatda ham mahalliy hokimiyatlar iqlim o’zgarishlari ta’sirlarini kamaytirishda muhim rol o’ynaydilar, chunki quvvat iste’moli va CO2 chiqindilarining 80% shaharlardagi faoliyatlar bilan bog’liqdir.

Hokimlar Kelishuvi orqali Yevropa Ittishoqi tashkilotlari ushu jarayonga mahalliy va mintaqaviy hokimiyat organlarini bevosita jalb qilish, shu bilan quvvatlar va iqlim bo’yicha dadil maqsadlarga yetishdagi ularning muhim rolini tan olish bo’yicha misli ko’rilmagan qadamni tashladilar.

Harakatlar o’zlari gapiradilar

O’zlarining siyosiy irodalarini aniq tadbirlar va loyihalarga aylantirish uchun Kelishuvni imzolovchilar mahalliy barqaror quvvatlar siyosati va quvvatlarni boshqarish sohasidagi tegishli imkoniyatlarni ishlab chiqqandan keyin Boshlang’ich chiqindilarni inventarlashga tayyorgarlik ko’rishlari va Kelishuvni imzolagandan keyingi bir yil ichida o’zlari amalga oshiradigan asosiy harakatlarni tavsiflab beruvchi Barqaror Quvvatlar harakat Rejasini taqdim etishlari kerak.

Quvvatlarni tejab qolishdan tashqari imzolovchilar harakatlarining natijalari quyidagi turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: toza va arzon quvvat xizmatlaridan foydalanish, malaka talab qiladigan va barqaror ish o’rinlarini yaratish; yaxshilangan moliyaviy va ijtimoiy barqarorlik, sog’lom muhit va yaxshilangan yashash darajasi; biznesni rivojlantirish va yangiliklarni qo’llash hamda yaxshilangan ijtimoiy xizmatlar va infratuzilmalar orqali kuchaytirilgan iqtisodiy raqobot. Ushbu harakatlar, xususan, ”Mukammallik mezonlari” – Kelishuvni imzolovchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi amaliyotlar bazasiga ishora qilgan holda boshqalar uchun namuna bo’lib xizmat qiladi. Barqaror quvvatlar harakat Rejalari katalogi boshqa o’ziga xos ilhomlantiruvchi manba bo’lib xizmat qiladi, chunki u boshqa imzolovchilar tomonidan qo’yilgan dadil maqsadlar va ularga yetish uchun imzolovchilar tomonidan ko’rilgan muhim tadbirlarni ko’rsatib beradi.

Ko’p tomonlama qo’llab-quvvatlash

Imzolovchilarning mamlakatlarida

Tobora ko’proq sondagi hokimiyatlar Kelishuvni imzolashga bo’lgan o’zlarining siyosiy irodalarini namoyish qilayotgan bir vaqtda ular har doim ham o’z majburiyatlarini amaga oshirish uchun zarur bo’lgan siyosiy va ma’muriy qudratga hamda moliyaviy va texnik resurslarga ega bo’lavermaydilar. Shuning uchun imzolovchilarga o’zlarining dadil maqsadlarini amalga oshirishlarida yordam beradigan lavozimlarda bo’lgan davlat boshqaruv organlari va tarmoqlarga maxsus maqom ajratilgan.

Kelishuvni Qo’llab-quvvatlovchilar nomi bilan mashhur bo’lgan mahalliy hokimiyat organlari Tarmoqlari yoki Uyushmalari rag’batlantiruvchi harakatlar, Kelishuv a’zolari bilan hamkorlik qilish va tajribalarni baham ko’rish platformalari orqali tashabbus samarasini kuchaytirishga intiladilar.

Hokimlar Kelishuvi ofislaridan

Bryusseldagi Hokimlar Kelishuvi (HoKO) Bosh Ofisi hamda Lvov va Tbilisi shaharlaridagi Hokimlar Kelishuvi filiallari ofislari (HoKO Sharq) tomonidan Kelishuvni imzolovchilar, Kelishuv Koordinatorlari va Kelishuvni Qo’llab-quvvatlovchilarga kundalik asosda rag’batlantiruvchi, texnik va ma’muriy yordam ko’rsatob boriladi. Har ikkala ofis ham mahalliy, mintaqaviy va milliy ma’muriyatlar vakillari bo’lgan tashkilotlar konsortsiumi tomonidan boshqariladi. Bryusseldagi Hokimlar Kelishuvi Bosh Ofisi tashabbus ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

Qo’shma Tadqiqotlar Markazidan

HoKO Ofislari bilan hamkorlikda Yevropa Komissiyasining Qo’shma Tadqiqotlar Markazi asosan Boshlang’ich chiqindilarni inventarlash va Barqaror quvvatlar Haqakat Rejalariga bo’gliq bo’lgan ilmiy va texnik masalalar bo’yicha Kelishuvni imzolovchilarga yordam ko’rsatadi .

HoKO Ofislari va Qo’shma Tadqiqotlar Markazi rahbarligida ishlab chiqilgan bir qator vositalar va uslubiyatlar tufayli Imzolovchilarga butun jarayon davomida yo’riqnomalar berib boriladi.

YeI tashkilotalaridan

Yevropa Komissiyasi bilan bir qatorda Kelishuv tashabbusi u qabul qilingan vaqtdan beri tashabbusni qo’llab-quvvatlab kelayotgan Mintaqalar Qo’mitasi; Yillik imzolash marosimi o’tkaziladigan Yevropa Parlamenti; hamda mahalliy hokimiyat organlariga o’zlarining sarmoyaviy imkoniyatlarini ochib berishga yordam beruvchi Yevropa Investitsiyalar Banki tomonidan to’liq tashkiliy ko’makka ega bo’ladi.

Twitter
Uyali aloka
orqali boglanmoq
Facebook
Rasmiy Sahifalardan
doimiy ravishda foydalanmoq
Habarnoma
Haroylik habarnomaga
obuna bolmoq
RSS-tasma
Habarlarni oz
vaqtida olmoq
Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO  ning siyosiy ko’magi bilan Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO ning siyosiy ko’magi bilan. Veb-sahifa Hokimlar Kelishuvining ofislari tomonidan boshqariladi..
Yangiliklar | Kun tartibidagi masalalar | Sayt xaritasi | RSS yordami | Kreditlar | Huquqiy