Illustration Ishlab chiqishlar

Boshlang’ich Chiqindilarni Inventarlash & Barqaror Quvvatlar Harakatlari Rejasini (BQHR) ishlab chiqish

Manfaatdor tomonlar bilan birgalikda Boshlang’ich Chiqindilarni Inventarlash & Barqaror Quvvatlar Harakatlari Rejasini (BQHR) ishlab chiqish

Manfaatdor tomonlar va fuqarolardan ko’makchilarga ega bo’lish

Boshlang’ich Chiqindilarni Inventarlash yoki Barqaror Quvvatlar Harakatlari Rejasini (BQHR) ishlab chiqish juda katta resurslarni talab qiladi. Sizning shahringizda, ayniqsa u kichik bo’lsa, maqsadlarga yetish uchun insoniy/moliyaviy resurslar va texnik bilimlar yetarli bo’lmasligi mumkin.
Qo’shimcha maslahatlar olish uchun Qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Ahloqiy o’zgarishlarni rag’batlantirishda fuqarolarning ishtiroki ham juda muhim hisoblanadi. Kelishuvni imzolovchi sifatida Siz yana fuqarolarning butun jarayon davomida jalb qilishga intilasiz. Resurslardan samarali foydalanish va muvofiqlik sari ahloqiy o’zgarishlarni rag’batlantirish uchun aholi bilimlarini oshirib borish strategiyasi Sizning muvaffaqiyat qozonishingiz uchun juda muhim hisoblanadi!

Savollar bormi?

Kelishuv Koordinatorlari

  1. Kelishuv Koordinatori nima?

Quvvatlar Agentliklari

  1. Nima uchun quvvatlar agentliklari Hokimlar Kelishuvida ishtirok etishlari kerak ?
  2. Quvvatlar agentliklari qanday rollar va vazifalarni bajarishlari mumkin?

Boshlang’ich Chiqindilarni Inventarlashni amalga oshirish

Mahalliy miqiyosda quvvatlarni iste’mol qilish va CO2 chiqindilarini chiqarish quyidagi ko’pgina omillarga bog’liq bo’ladi: Iqtisodiy tuzilma, iqtisodiy faoliyat darajasi, aholi, zichlik, turar-joy binolarining xususiyatlari, turli transport turlarini yaratish va ulardan foydalanish, fuqarolarning munosabatlari, iqlim va boshq.

Ayrim omillar (fuqarolarining munosabatlari kabi) qisqa muddatli, boshqalari esa (turar-joy binolarining quvvatlardan foydalanish samaradorligi) faqat o’rta yoki uzoq muddatli ta’sirga ega bo’lishlari mumkin. Ushbu parametrlarning ta’sirini, ularning vaqt o’tishi bilan o’zgarishini tushunish hamda mahalliy ma’muriyat ulardan qaysisi (qisqa, o’rta va uzoq muddatli) ostida faoliyat olib borishi mumkinligini aniqlash foydali hisoblanadi. Boshlang’ich Chiqindilarni Inventarlash (BCI) Kelishuv imzolovchisining hududi doirasidagi quvvatlar iste’moli tufayli chiqadigan CO2 (yoki CO2 ning ekvivalenti) miqdorini ifodalaydi. U CO2 chiqishlarining asosiy manbalarini va ulardagi CO2 chiqishini kamaytirish mumkin bo’lgan usullarni aniqlaydi.

BCI BQHR ni takomillashtirish uchun boshlang’ich nuqta hisoblanadi, chunki u CO2 chiqindilarini chiqarayotgan sektorlarning xususiyatlari to’g’risidagi bilimlar bilan ta’minlaydi va shu bilan tegishli harakatlarni tanlashga yordam beradi .

Batafsil ma’lumotlar olish uchun qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

O’zingizning uzoq muddatli strategiyangiz to’g’risida yaqqol tasavvurga ega bo’ling

Barqaror quvvatli kelajak to’g’risidagi tasavvur Kelishuvni imzolovchilar uchun yetakchi tamoyil hisoblanadi. U barcha manfaatdor tomonlar – yetakchi siyosatchilardan tortib oddiy fuqarolar, mahalliy korxonalar va manfaatdor guruhlargacha bo’lgan har kim murojaat qilishlari mumkin bo’lgan birlashtiruvchi komponent bo’lib xizmat qiladi. Undan yana mahalliy ma’muriyatni qolgan dunyoga marketing qilish uchun ham foydalanilishi mumkin.

Sizning tasavvurlaringiz Hokimlar Kelishuvi majburiyatlariga muvofiq bo’lishi, ya’ni 2020 yilga kelib CO2 chiqindilari chiqishini (kamida) 20% kamayishiga erishishni ko’zda tutishi kerak; biroq u bundan ham dadilroq maqsadlarni ko’zda tutishi ham mumkin.

Yaxshi tasavvur haqiqatga to’g’ri keluvchi tasavvurdir, biroq ayrim hollarda u yangi nuqtai nazarlarni aks ettiradi yoki hech qanday haqiqiy asoslarga ega bo’lmagan holda ayrim eski chegaralarni buzadi. U shaharning istalgan kelajagini ifodalaydi va fuqarolar va manfaatdor tomonlar uchun ko’proq darajada tushunarliroq bo’lishi uchun tasavvuriy tushunchalarda ifodalanadi. O’z tasavvurlaringiz va maqsadlaringizni Maxsus, O’lchanuvchan, Erishish mumkin bo’lgan, Realistik va Vaqt jihatdan chegaralangan holda saqlang (“SMART”)!

O’zingizning mavjud faoliyatlaringizni quring

Shahar doirasida nafaqat bir qator parallel rejalashtirish faoliyatlari va siyosatlari, balki turli boshqarmalar faoliyatlaridagi ehtimoliy hamkorliklar ham mavjud.

Sizning shahringiz mahalliy ma’muriyatingiz doirasida quvvatlar va iqlimga bo’gliq masalalarga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan mavjud mahalliy, mintaqaviy va milliy siyosatlar, rejalar, jarayonlar va tartiblarni aniqlashi kerak. Siz aniqlangan hujjatlardagi maqsadlar va vazifalarni barqaror quvvatlar siyosati uchun qo’yilgan maqsadlar va vazifalar bilan solishtirishingiz mumkin. Aniqlangan ehtimoliy nizolar va o’zaro aloqalarni muhokama qilish uchun barcha tegishli sub’ektlar va manfaatdor tomonlar taklif qilinishi mumkin.

Moliyaviy resurslarni hisoblash va taqsimlash

O’zingizning uzoq muddatli strategiyangizni ishlab chiqish uchun moliyaviy resurslar, jumladan, shahar byudjetidan asosiy ajratmalar, tegishli vaqt muddatlari va moliyalashtirishning ehtimoliy tashqi manbalari aniqlanishi kerak.

Batafsil ma’lumotlar olish uchun qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

O’zingizning harakat rejangizni ishlab chiqing

Barqaror Quvvatlar harakat Rejasi Kelishuv maqsadlari uchun keng qamrovli platformani aniqlab beruvchi strategik va operativ hujjat hisoblanadi. U mahalliy hokimiyatlarning CO2 chiqindilarini qisqartirish maqsadiga yetish uchun eng yaxshi faoliyat sohalari va imkoniyatlarni aniqlashda o’zingizning Boshlang’ich Chiqindilarni Inventarlash natijalaridan foydalanadi. U vaqt doiralari va yuklangan majburiyatlar bilan birgalikda uzoq muddatli strategiyani faoliyatga aylantiruvchi aniq qisqartirish tadbirlarini ham belgilab beradi.

Siz o’zingizning Barqaror Quvvatlar Harakatlari Rejangiz formatini tanlashingiz mumkin (ayniqsa agar Siz allaqachon buni qilib ko’rgan bo’lsangiz).

Siz allaqachon Kelishuvni imzolovchilar tomonidan taqdim etilgan turli harakat rejalarini ko’rib chiqishingiz mumkin – BQHRlarning asosiy jihatlari Sizni ilhomlantirish uchun tegishli imzolovchi profili ostida mavjud! Siz yana boshqa imzolovchilar/qo’llab-quvvatlovchi tuzilmalar tomonidan amalga oshirilgan muvaffaqiyatli va qayta amalga oshirish mumkin bo’lgan harakatlarga aniq misollarni ham topishingiz mumkin – o’z hududingizdan olingan misollarni kashf qilish uchun qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling!

Yevropa Komissiyasining Qo’shma Tadqiqotlar Markazi tomonidan ishlab chiqilgan barcha Kelishuvni imzolovchilarni BQHR ni ishlab chiqish/amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan ayrim mavjud uslubiyatlar va vositalarning sharhi bilan ta’minlovchi hisobotni ko’rish uchun bu yerga cherting.

Savollar bormi?

Barqaror Quvvatlar Harakatlari Rejasi (BQHR)

  1. BQHR nima?
  2. BQHR ko’lami qanday?
  3. BQHR da qanday faoliyat sektorlari/sohalari hisobga olinadi?

Mukammallik mezoni

  1. Mukammallik mezoni nima?
  2. O’zingizning Mukammallik mezoningizni qanday qilib taqdim eta olasiz?
Twitter
Uyali aloka
orqali boglanmoq
Facebook
Rasmiy Sahifalardan
doimiy ravishda foydalanmoq
Habarnoma
Haroylik habarnomaga
obuna bolmoq
RSS-tasma
Habarlarni oz
vaqtida olmoq
Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO  ning siyosiy ko’magi bilan Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO ning siyosiy ko’magi bilan. Veb-sahifa Hokimlar Kelishuvining ofislari tomonidan boshqariladi..
Yangiliklar | Kun tartibidagi masalalar | Sayt xaritasi | RSS yordami | Kreditlar | Huquqiy