Illustration Mahalliy hokimiyat organlarining Uyushmasi yoki Tarmog’i sifatida

Mahalliy hokimiyat organlarining Uyushmalari yoki Tarmoqlari Hokimlar Kelishuvini rivojlantirish va ilgari surishning asosiy katalizatorlari hisoblanadilar. Ularning mahalliy va milliy odatlar to’g’risidagi kuchli bilimlari tufayli ular Hokimlar kelishuvi Ofisi va imzolovchilar o’rtasida zarur vositachilar vazifasini bajaradilar.

Kimlar Kelishuvga qo’shilish huquqiga egalar?

Mahalliy va mintaqaviy hukumat organlarining tarmoqlari va uyushmalari Kelishuv Qo’llab-quvvatlovchilari sifatida qatnashadilar. Shuning uchun ular ayniqsa Hokimlar Kelishuvini o’z a’zolari orasida ilgari surish, Kelishuv jarayoni bo’ylab ularga ko’rsatmalar berish va tajribalar almashishga ko’maklashishni maqsad qiladilar.

Qanday majburiyatlar mavjud?

Kelishuv Qo’llab-quvvatlovchilari sifatida qo’shilgan mahalliy va mintaqaviy hukumat organlarining tarmoqlari va uyushmalari quyidagi rasmiy majburiyatlarga egadirlar:

  • Hokimlar Kelishuvini ilgari surish va uni imzolagan o’z a’zolarini qo’llab-quvvatlash;
  • Hokimlar Kelishuvini o’z siyosatining muhim elementi sifatida oshkora tan olish;
  • Imzolovchilar va nomzod shaharlar o’rtasidagi tajribalar almashishni osonlashtirish;
  • O’z a’zolari, HoKO va milliy/mintaqaviy OAV o’rtasidagi vositachilik rolini kafolatlash;
  • Milliy yoki mintaqaviy darajalardagi tegishli tadbirlar va tashabbuslar bilan o’zaro bog’liqliklarni aniqlash;
  • O’z a’zolari Hokimlar Kelishuviga qo’shilgandan keyin ularning harakatlari hamda Kelishuvni qo’llab-quvvatlovchilar sifatida ular ko’rsatayotgan xizmatlar to’g’risida muntazam fikrlar bildirib borish.

Harakat qilinmagan yoki majburiyatlar yetarli darajada bajarilmagan hollarda Yevropa Komissiyasi tarmoqning Kelishuvni Qo’llab-quvvatlovchi sifatida ishtirok etishini to’xtatib qo’yish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Qanday qilib qo’shilish uchun ariza berish mumkin?

Kelishuv Qo’llab-quvvatlovchisi maqomini olish uchun mahalliy hokimiyatlar tarmoqlari quyidagi qadamlarni bajarishlari kerak:

  • Onlayn rejimida qiziqish shaklini to’ldirish;
  • Huquqqa egaligi tasdiqlangandan so’ng Yevropa Komissiyasi bilan birgalikda imzolash uchun kelishuv shaklini to’ldirish;
  • Hokimlar Kelishuvi tomonidan yaratilgandan keyin o’zlarining onlayn profillarini o’zlari Imzolovchilarga ko’rsatmoqchi bo’lgan xizmatlar to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar bilan yangilash.

Nima uchun qatnashish kerak?

Kelishuvni Qo’llab-quvvatlovchilar o’zlarining Kelishuvdagi ishtiroklari uchun juda katta qo’shimcha qiymatlarga, jumladan, quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar:

  • Ularning a’zolarining eng yaxshi amaliyotlarini ilgari surish;
  • O’z a’zolarining barqaror quvvatlar bo’yicha faoliyatlariga yaxshiroq hamroxlik qilish;
  • O’z xizmatlarini kengroq ommaga ko’rsatish;
  • Tajribalarini boshqa tarmoqlar bilan almashish va yangi hamkorliklarga kirish;
  • Yevropa Komissiyasining ma’qullashi va tan olishidan manfaatlanish;
  • O’zlarining Kelishuvga nisbatan tashkillashtirilgan tadbirlarining ko’pchilik tomonidan ko’rilishiga erishish;
  • O’zlarining a’zoliklarini faollashtirish yoki kengaytirish;
  • Maxsus forumlar, seminarlar va bahsli guruhlarda ishtirok etish.
Twitter
Uyali aloka
orqali boglanmoq
Facebook
Rasmiy Sahifalardan
doimiy ravishda foydalanmoq
Habarnoma
Haroylik habarnomaga
obuna bolmoq
RSS-tasma
Habarlarni oz
vaqtida olmoq
Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO  ning siyosiy ko’magi bilan Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO ning siyosiy ko’magi bilan. Veb-sahifa Hokimlar Kelishuvining ofislari tomonidan boshqariladi..
Yangiliklar | Kun tartibidagi masalalar | Sayt xaritasi | RSS yordami | Kreditlar | Huquqiy