Illustration Mahalliy hukumat organi sifatida

Mahalliy hukumat organlari iqlim o’zgarishlarining ta’sirlarini kamaytirishda muhim rol o’ynaydilar. Hokimlar Kelishuvida ishtirok etish Kelishuvning Hududiy Koordinatorlari, Kelishuvni Qo’llab-quvvatlovchilar, Hokimlar Kelishuvi Ofisi, tashkilotlar va boshqa ishtirokchilar tomonidan kuchli yordam va tarmoqlash imkoniyatlarini taqdim etilishi orqali ularga bu ishda ko’maklashadi. Bunday ko’mak mavjud bo’lmagan hollarda boshqa mamlakatlardan olingan misollar mahalliy hukumat organlariga o’z hukumatlari va hamkorlarini Kelishuvga qo’shilish va harakat qilishga ishontirishda yordam berishi mumkin.

Kimlar Kelishuvga qo’shilish huquqiga ega?

Hokimlar Kelishuvi ularning o’lchamlari va o’zlarining quvvat va iqlimga oid siyosatlarini amalga oshirishning qaysi boshqichida bo’lishidan qat’iy nazar demokratik asosda saylangan vakillardan tashkil topuvchi har qanday mahalliy hokimiyat organlari uchun ochiqdir.

Qanday qilib qo’shilish mumkin?

Doimiy ravishda o’sib boruvchi tashabbusga qo’shilish uchun mahalliy hokimiyat organlari quyidagi jarayonlarni bajarishlari kerak:

  • Hokimlar Kelishuvi tashabbusini shahar kengashiga taqdim etish;
  • Kelishuvni imzolash to’g’risidagi rasmiy qarorning rasmiy ruxsat orqali kengash tomonidan qabul qilinishini kafolatlash;
  • Hokim yoki shahar kengashining boshqa vakiliga qo’shilish shaklini imzolash vakolatini berish;
  • Komissiyani tashabbusga qo’shilish qarori to’g’risida xabardor qilish uchun Hokimlar Kengashi Ofisiga elektron xabar yuborish;
  • Shahar kengashiga yuborilgan tasdiqlovchi elektron xatda bayon qilingan keyingi qadamlarni e’tiborga olish.

Qachon qo’shilish mumkin?

Mahalliy hokimiyat organlari Hokimlar Kelishuvini istalgan vaqtda imzolashlari mumkin, chunki bunda xech qanday yakunlanish muddatlari mavjud emas. Hokimlar Kelishuvi Marosimlari jamoatchilik imzosi orqali xalqaro obro’ orttirishdan manfaat ko’ruvchi ko’p sondagi hokimlar ishtirokida o’tkaziladi.

Nima uchun qatnashish kerak?

Hokimlar Kengashini imzolovchilar harakatga qo’shilish uchun juda ko’p sabablarni topadilar, jumladan:

  • O’zlarining mahalliy qatnashchilari uchun ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan barqaror muhitni taqdim qilish yo’lidagi o’z harakatlarida yordamga ega bo’lish (arzon quvvatli xizmatlar, ish o’rinlarini yaratish, sog’lomroq atrof-muhit va boshq.);
  • Fuqarolarning manfaatlari yo’lida asosiy iqtisodiy, energetik va iqlimiy muammolarni hal qilish uchun shahar doirasida yangi siyosiy, ma’muriy va moliyaviy imkoniyatlarni ishlab chiqish;
  • O’z hududlarida yashil iqtisodiy o’sish va yaxshilangan yashash darajasi sari jo’shqin urinishlarni yaratish va mustahkamlash;
  • Boshqa pionerlarning rag’batlantirishlari va namunalaridan manfaat ko’rish;
  • O’zlarining hududlarida ishlab chiqqan tajribalarini boshqalar bilan baham ko’rish;
  • O’z hududlarini mahalliy barqaror quvvatlarni rivojlantirishning pioneri sifatida tanitish;
  • Tashkilotlar tomonidan ma’qullash va qo’llab-quvvatlashdan manfaat ko’rish (Yevropa Ittifoqi hamda Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyodagi tashkilotlar);
  • Jahon miqiyosida CO2 chiqindilarini chiqarishni kamaytirishga o’z hissasini qo’shish
Twitter
Uyali aloka
orqali boglanmoq
Facebook
Rasmiy Sahifalardan
doimiy ravishda foydalanmoq
Habarnoma
Haroylik habarnomaga
obuna bolmoq
RSS-tasma
Habarlarni oz
vaqtida olmoq
Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO  ning siyosiy ko’magi bilan Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO ning siyosiy ko’magi bilan. Veb-sahifa Hokimlar Kelishuvining ofislari tomonidan boshqariladi..
Yangiliklar | Kun tartibidagi masalalar | Sayt xaritasi | RSS yordami | Kreditlar | Huquqiy