Illustration Viloyat yoki Mintaqa sifatida

Hokimlar Kelishuvining muvaffaqiyat qozonishi ko’p jihatdan o’z resurslari va nou-xaularini qatnashchilar xizmatiga qo’ygan mintaqalar, viloyatlar va boshqa shunga o’xshash hokimiyat organlarining faol ishtirok etishiga bog’liq. Komissiya tomonidan Kelishuv Koordinatorlari sifatida tan olingach, ular xabarlarni uzatish va Kelishuv ta’sirini kuchaytirishda muhim ittifoqchi sifatida harakat qiladilar.

Kimlar Kelishuvga qo’shilish huquqiga egalar?

Viloyatlar, mintaqalar, shaharlar, mahalliy hokimiyat organlarining guruhlari… Kelishuvni imzolovchilarga strategik yo’riqnomalar, moliyaviy va texnik ko’mak berish to’g’risida rasmiy majburiyat oladigan har qanday hukumat organi Yevropa Komissiyasi tomonidan Kelishuv Koordinatori sifatida rasmiy ravishda tan olinadi.

Yuqorida esga olib o’tilgan davlat muassasalari ”Hududiy Koordinatorlar” sifatida ishtirok etishi bilan bir vaqtda vazirliklar va quvvatlar agentliklari kabi milliy darajadagi hokimiyat organlari ”Milliy Koordinatorlar” sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Mahalliy va mintaqaviy quvvatlar agentliklari Kelishuvga bevosita qo’shilish huquqiga ega emaslar. Biroq ko’pincha ularining hukumat organlari tomonidan ularga ushbu organlar nomidan shaharlarni qo’llab-quvvatlash vakolati beriladi. Ularning qatnashishi tashabbusning muvaffaqiyat qozonishida juda muhim bo’lganligi uchun ularga o’z viloyatlari yoki mintaqalarini qo’shilishga undashlari qat’iy tarzda tavsiya qilinadi.

Qanday majburiyatlar mavjud?

  • O’z hududlarida joylashgan shaharlar orasida Hokimlar kelishuvini imgari surish va Kelishuvga qo’shilgan shaharlarni qo’llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bilan ta’minlash;
  • Kelishuvga qo’shilish istagi bo’lgan, biroq Barqaror Quvvatlar Harakat Rejasini tayyorlash uchun zarur bo’lgan resurslari mavjud bo’lmagan shaharlarga texnik va strategik yordam ko’rsatish;
  • Ularning Barqaror Quvvatlar Harakat Rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun shaharlarga moliyaviy yordam va imkoniyatlar taqdim etish;
  • Aholi xabardorligini oshirish uchun mahalliy quvvatlar kunlarini tashkillashtirishga yordam berish va;
  • Olingan natijalar to’g’risida Komissiyaga muntazam ravishda hisobot berib borish va Kelishuvni strategik jihatdan amalga oshirishda ishtirok etish.

Harakat qilinmagan yoki majburiyatlar yetarli darajada bajarilmagan hollarda Yevropa Komissiyasi mintaqa yoki viloyatning Kelishuv Koordinatori sifatida ishtirok etishini to’xtatib qo’yish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Qanday qilib qo’shilish uchun ariza berish mumkin?

Kelishuv Koordinatori maqomini olishga qiziqadigan davlat boshqaruv organlari quyidagi jarayondan o’tishlari kerak:

  • Onlayn rejimida qiziqish shaklini to’ldirish;
  • Huquqqa egaligi tasdiqlangandan so’ng Yevropa Komissiyasi bilan birgalikda imzolash uchun kelishuv shaklini to’ldirish;
  • Kelishuv har ikkala tomon tomonidan imzolanganidan keyin yangi yaratilgan onlayn profilni o’zlari Kelishuvni imzolovchilarga ko’rsatmoqchi bo’lgan xizmatlar va yordamlar to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar bilan yangilash.

Nima uchun qatnashish kerak?

  • Energetika, iqtisodiy, ijtimoiy va iqlim o’zgarishlari masalalari bo’yicha milliy strategiyalarga o’z hissasini qo’shish.
  • Kelishuv Koordinatori bo’lishning afzalliklari ko’p tomonlama:
  • Yevropa Komissiyasi tomonidan ma’qullanish va tan olinish ;
  • O’z harakatlarini Kelishuv veb-saytida ilgari surish orqali xalqaro miqiyosda kengroq darajadagi obro’ga ega bo’lish;
  • Mahalliy hokimiyat organlari orqali xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlardan moliyaviy mablag’lar olish imkoniyati;
  • Hamkasblar bilan tajribalar almashish;
  • Ishlab chiqilgan vositalar va uslubiyatlar bo’yicha ilmiy va texnik fikrlar olish;
  • Maxusu bahsli guruhlar, seminarlar va boshqa tajriba almashish platformalarida ishtirok etish.
  • Oxirgisi, biroq so’nggisi emas, hududiy rivojlanishni va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini mustahkamlash
Twitter
Uyali aloka
orqali boglanmoq
Facebook
Rasmiy Sahifalardan
doimiy ravishda foydalanmoq
Habarnoma
Haroylik habarnomaga
obuna bolmoq
RSS-tasma
Habarlarni oz
vaqtida olmoq
Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO  ning siyosiy ko’magi bilan Yevropa Komissiyasi – DG DEVCO ning siyosiy ko’magi bilan. Veb-sahifa Hokimlar Kelishuvining ofislari tomonidan boshqariladi..
Yangiliklar | Kun tartibidagi masalalar | Sayt xaritasi | RSS yordami | Kreditlar | Huquqiy